$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda kim ko‘proq maosh oladi: Ayollar yoki erkaklar?

gender

Jahon banki “Gender tengligi” hisobotida qayd etilishicha, ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi.

Farq kamaymoqda

Jahon bankining “Gender tengligi” bo‘yicha moliyaviy hisoboti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar erkaklarga qaraganda 34 foizga kamroq ish haqi olishadi. Bu natija dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich — 20 foizdan ancha kattaroq hisoblanadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Jahon bankining o‘tgan yilgi hisobotiga qaraganda ayollar va erkaklar uchun to‘lanadigan ish haqi o‘rtasida farq kamaymoqda. O‘tgan yili o‘zaro farq 39 foizni tashkil qilgan.

Kambag‘allikka qarshi kurash

“Agar xotin-qizlar iqtisodiy faoliyatda erkaklar bilan birdek ishtirok etsa, O‘zbekistonda milliy daromad 29 foizga oshadi. Ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi”, — deya yoziladi hisobotda.