Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Marg‘ilon shahrida MChJ 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Marg‘ilon shahrida MChJ 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Hisoblagichdan tashqari foydalanish holati
“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan "Sh.I.D." MChJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 7 milliard 143 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar N.J. va A.K. umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etib, 5 dona gaz plita va boshqa uskunalarni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 110,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari
Birinchi holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ikkinchi holat yuzasidan esa Jinoyat kodeksining 169-moddasi ya'ni o‘g‘rilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



