$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoyga gaz eksporti 8 baravarga oshdi

gaz

Ammo Xitoy va O‘zbekiston manbalari ushbu raqamlarni turlicha ko‘rsatmoqda.

May oyidagi ko‘rsatkich

Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb 8 baravar oshgan. Bir oyda o‘zbek gazi avvalgi oydan 7,44 baravarga ko‘p – ya’ni 11,43 million dollardan 85,06 million dollarga yetgan.yilning dastlabki besh oyida esa gaz eksporti jami 153,87 mln. dollarga yetgan.

O‘zbek raqamlari boshqacha “gapirmoqda”

Ammo Statistika agentligi Xitoy bergan ma’lumotlarga qo‘shilmayapti. Ularga ishonadigan bo‘lsak, O‘zbekiston ushbu besh oyda Xitoyga 59,9 millionlik gaz eksport qilgan . Bu 2023-yilning ayni vaqtiga nisbatan 3,08 baravar kamroq demakdir.

“O‘zbek va Xitoy statistikalarining nomutanosibligi birinchi marta emas”

Ushbu vaziyat haqida fikr bildirar ekan, bloger va iqtisodchi Otabek Bakirov bunday voqelar avval ham yuz bergan ekanligini aytdi. “Shaxsan menda zarracha ishonch yo‘q. Birinchidan, o‘zbek va xitoy statistikasidagi ulkan farqlarning yuzaga kelayotgani birinchi marta emas. Ikkinchidan, gaz eksporti bo‘yicha yopiq qarorlar bilan eksklyuziv huquqlarni qo‘lga kiritgan oligarxiya strukturalarining o‘zbek byurokratiyasiga ta’siri ortgandan ortib bormoqda. Uchinchidan, oxirgi 7 yildagi so‘z, amal va harakatlaridan kelib chiqilsa, shonli energetiklarning o‘ziga ham ishonch yo‘q”, - deydi bloger.  

Теги :
Iqtisodiyot