$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil gazning sof importchisiga aylandi

Gaz

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil gazning sof importchisiga aylandi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotida keltirilgan.

Turkmaniston va Rossiyadan importning oshishi

Yanvar-dekabr oylarida Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi 2,41 baravarga oshib, $1,67 mlrd.ga yetdi. Oylik tabiiy gaz yetkazib berish sekinlashdi va $127,9 mln.ni tashkil etdi. Bundan oldin 2023-yilda O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan importchisiga aylangani haqida xabar bergan edik.

Dekabrda Xitoyga eksport sezilarli darjada qisqargan

O‘tgan oyda Xitoyga gaz eksporti noyabr oyiga nisbatan sezilarli darajada sekinlashdi — $53 mln.dan $32,2 mln.gacha. 12 oy ichida mamlakatga “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berish $627,6 mln.ni tashkil etdi (o‘sish 18,4 foiz).

Ikki tashkilotda ikki xil ma’lumotlar

Biroq Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilda $726,2 mln.lik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,3 foizga ko‘pdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi sezilarli darajada — noyabr oyidagi $79,4 mln.dan dekabr oyida $58,8 mln.gacha qisqarganini qayd etdi. Biroq, bu 2023-yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslanganda 8 foizdan ortiqdir.

Xitoyga gaz eksporti

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni yil boshidan beri $9,57 mlrd. “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib bergan Turkmaniston egallab kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turibdi, mamlakat gaz eksportini chorakga oshirdi — $8,03 mlrd.gacha. Keyingi o‘rinlarda Myanma ($1,39 mlrd.) va Qozog‘iston ($1,36 mlrd.) joylashgan.

Теги :
Jamiyat