$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Gaz importi uchun 500 millon dollar

Putin

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini oshirishga 500 mln. dollar sarflanishi rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumatning “2024 yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qabul qilish kuniga 32 kub metrga yetadi

 Unga koʻra, “O‘ztransgaz” Rossiyadan gaz importini oshirish maqsadida magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshiradi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 2024-2030 - yillarda 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan boʻlib, shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

511 kilometrlik gaz quvurlari

Ma’lum boʻlishicha, loyiha xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi (2021—2024-yillarda) ham davom ettiriladi. Umumiy qiymati 483 million dollar bo‘lgan loyiha 511 kilometr magistral gaz quvurlari va 10 ta gaz nasos agregatini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi.

Oldingi shartnoma talablari

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 7-oktyabridan O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz importini boshlagan edi. “UzGasTrade” va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Теги :
Жамият