$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Organizmning barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bog‘liq?

positive

Xo‘sh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy ta’sir etishi mumkin? 

Ichki sekretsiya bezlari

Ichki sekretsiya bezlari inson tanasida gormonlar ishlab chiqarib, ular deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga soladi.

Qalqonsimon bez gormonlari

Kalsitonin va triyodtironin (T3) hamda tiroksin (T4) qalqonsimon bez gormonlari bo‘lib, ularning birinchisi parafolekulalaridan ajralib, fosfor va kalsiy almashinuvini boshqaradi. Triyodtironin va tiroksin esa tananing yodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Aynan ular qalqonsimon bezning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

Jinsiy gormonlar

Estrogen — ayollik, testosteron — erkaklik, adrenalin — buyrak usti bezida ishlab chiqariladi. Ya’ni jinsiy gormonlar reproduktiv salomatlikni tartibga solsa, adrenalin vujudni stressga tayyorlaydi.

Insulin esa organizmdagi qand miqdorini bir me’yorda ushlab turishga “mas’ul”. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariluvchi bu moddaning yetishmasligi qandli diabetni keltirib chiqaradi.

Ochlik yoki to‘qlikni nazorat qiluvchi gormon

Kortizol — stress, ochlik yoki to‘qlikni nazorat qiluvchi gormon ham deyiladi. U quyosh nurida ko‘p yurish, kaloriyasiz, kam vitaminli taomlar yeyish oqibatida kamayib ketadi. Bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Aksincha ko‘payib ketishi buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi.

Gormonlar faoliyatining “boshqaruvchisi”

Gipofiz — miya ichida joylashgan va tanadagi barcha gormonlar faoliyatini boshqaradi. Gormon ishlab chiqaruvchi a’zolar va endokrin tizim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, zarurat bo‘lmasa, ular faoliyatiga aralashish kerak emas.

Ammo endokrin bezning yaxshi ishlamasligi gormonlar faoliyatiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu holat ko‘pincha turli xavfli o‘smalar, nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik va stress sabab yuzaga keladi.

Теги :
Jamiyat