$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Registonda Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi

Futsal

Futzal bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi haqida avvalroq maʼlum qilingan edi, ertaga Registon maydonida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Chempionat 3 ta shaharda bo‘lib oʻtadi

FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan edi. Prezident Mirziyoyevga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, turnir 3 ta shahar: Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 14-sentyabr - 6-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaga 30 ming muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.

Qur’a tashlash marosimi

26-may kuni esa Samarqand shahridagi Registon majmuasida mazkur chempionat o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosimda FIFA va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi mas’ullari, 24 davlat futzal jamoalari murabbiylari va mutasaddilari ishtirok etadi.

Samarqand qur’aga tayyor

"Marosimga hozirlik ancha oldin boshlangandi. Aprel oyi boshida Samarqandga FIFA prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haime Yarza boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A.Ikramov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqa mas’ullar bilan birga qur’a tashlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingandi. Shu yerning o‘zida shtab tashkil etilib, tayyorgarlik jarayonlari muvofiqlashtirib borildi. FIFA vakillari ayni paytda Samarqandda bo‘lib turibdi, boshqa mehmonlar ham ertaga shahrimizga yetib kelishadi", - deydi Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev.

https://uza.uz/posts/601530