Moskvada O‘zbekiston fuqarosi jarimaga tortildi
Fuqarodan Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiygani uchun 50 ming rubl to‘lash talab qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Moskva shahrida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan erkak Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib, urushni tanqid qilgani uchun 50 ming rubl jarimaga tortildi.
Kiyev metrosida qo‘lga tushgan o‘zbekistonlik
Qayd etilishicha, 37 yoshli A.X. 25-iyun kuni Kiyev metrosi bekatida qo‘lga olingan.
“Uning futbolkasida Ukraina gerbi tasvirlangan edi. Bundan tashqari, yo‘lovchi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini tanqid qilganini tan oldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uning kiyim-kechaklari va bayonotlarida Rossiya Qurolli kuchlarining obro‘sizlantirilganini ko‘rishgan”, - deyiladi xabarda.
50 ming rubl miqdorida jarima
27-iyun kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida fuqaro “Rossiya Qurolli kuchlarini obroʻsizlantirish” moddasi boʻyicha aybdor deb topildi. Unga 50 ming rubl miqdorida jarima solingan.



