$
 11914.67
3.74
 13735.23
-49.29
 148.27
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

JCh-2026 tarixdagi eng buyuk Jahon chempionati bo‘ladimi?

JCH-2026

Uch davlat mezbonligida o‘tuvchi futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati boshlanishiga yetti oy qoldi. FIFA prezidenti Janni Infantino uni tarixdagi eng buyuk jahon chempionati bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Infantinoga ko‘ra:

“JCh-2026 tarixdagi eng buyuk jahon chempionati bo‘ladi. Bu bir oyda 104 ta Superboul o‘tkazilishiga teng. Mundialni stadionlarda 7 million, televizorlarda 6 milliard kishi tomosha qiladi”.

Saralanganlar

JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi barcha o‘yinlar shu haftada nihoyasiga yetdi. Yakunda 48 ta terma jamoa qatnashishi kerak bo‘lgan JChning 42 ta ishtirokchisi aniqlandi.

Qolganlar qachon aniqlanadi?

20-noyabr kuni FIFA qarorgohida qur’a tashlangan pley-off o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng qolgan 6 davlat ham ma’lum bo‘ladi. Pley-offlar kelayotgan bahorda o‘tkaziladi. Mundialning o‘zi esa Kanada, Meksika va AQSh stadionlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Muhokamalar markazidagi poster

Saralash yakunlanganidan so‘ng FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi rasmiy posterini muxlislar e’tirozi sababli ijtimoiy tarmoqlardan olib tashladi.

Tanqidlarga ko‘ra, ushbu poster rasmida Portugaliya jamoasining ramzi sifatida Krishtianu Ronaldu emas, balki yarim himoyachi Bruno Fernandesh tasvirlangan.

O‘zbekiston vakili kim?

Olib tashlangan posterda Jahon chempionatiga allaqachon yo‘llanma olgan 42 ta jamoaning bittadan futbolchisi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston vakili sifatida terma jamoa sardori Eldor Shomurodov posterdan joy olgan.