$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

"Bir kun oldin taktika-paktikani yig‘ishtirib, yutamiz deb kelishgandik"

Katanes

JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Laosda Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushib, juda ham mazmunsiz o‘yin namoyish etgan holda g‘alabaga erishdi. 

KXDR futbolchilarini qayerdan o‘rganasiz?

KXDR – O‘zbekiston (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Srechko Katanes va o‘yin qahramonlaridan biri O‘tkir Yusupov ishtirok etib, o‘z fikrlarini bayon qilishdi. "O‘yindan qoniqdik. Uch ochkoni keltirganimizdan xursandman. Hamma borini berib o‘ynadi. Bir kun oldin gaplashgandik – taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib, yurakdan o‘ynasa, yutamiz deb kelishgandik. Ko‘rdinglar, hamma maydonda borini berdi. KXDR futbolchilarini qayerdan o‘rganasiz? Ularning chempionatini ko‘ra olmaysiz va buning imkoni yo‘q. Penaltiga kelsak, darvozabonlarda ichki hissiyot bo‘ladi. Qayerga tepishini sezib turadi. Muhimi 3 ochko qo‘lga kiritdik. Xalqimiz xursand bo‘lsa bo‘ldi. Biz shuning uchun o‘ynaymiz", - deydi O‘tkir Yusupov.

Bunday maydonda o‘ynash futbolchilarning sog‘lig‘i uchun xavfli

matbuot anjumanida bosh murabbiy Srechko Katanes ham o‘yin haqida fikrlari bilan bo‘lishdi. "Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, raqibda imkoniyat bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda Bobir Abdixoliqov vaziyatdan foydalanganida o‘yin yengil kechishi mumkin edi. Himoyalanayotgan vaqtda jarima maydonchasi ichida to‘p qo‘lga tegishi bo‘lib turadi. Baxtimizga O‘tkir Yusupov penaltini qaytardi va biz o‘zimizga kerakli natijani qayd eta oldik. 90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak, balki 1-2 ta top jamoalarni inobatga olmasa. Bugun qiyin sharoitda o‘ynadik. Yuqori namlik, vaqtdagi farqlar. Qatarga qarshi o‘yinda oxirgi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol futbolchilarni ruhiyatiga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Shunga qaramay, yigitlar o‘ziga kelishga muvaffaq bo‘ldi. Tan olish kerak bugun ayrim yetakchi futbolchilarsiz keldik. Ularning o‘rniga tushganlar juda yaxshi o‘yin ko‘rsata olishdi. OFKga murojaat qilmoqchi edim. Bunday maydonda o‘ynash futbolchilarning sog‘lig‘i uchun xavfli. Mashg‘ulot maydonimiz bundan ham yomon holatda edi. Bu yerdagi tashkiliy qo‘mitaga e’tirozim yo‘q, faqat maydonni gapirdim. Futbolchilarga qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Qatar bilan o‘yindan so‘ng yaxshi vaziyatda emasdik. Oldingi murabbiy almashinuvlariga kelsak, bilmayman. Buni rahbariyat biladi. Hozirgi holatimizga kelsak, mavjud 6 ta o‘yin ichidan 18 ochkoning 13 tasini to‘plashga muvaffaq bo‘ldik. Bizni yana 4 ta o‘yin kutmoqda. Endi keyingi 12 ochko uchun harakat qilishimiz kerak. Futbolchilarga doim kurash oxirigacha bo‘lishini aytaman. Ertaroq hal qilamiz degan ruhiyat bo‘lmasligi kerak. Albatta, mundial yo‘llanmasini erta qo‘lga kiritsak yaxshi bo‘lardi. Ammo biz oxirigacha kurashishga tayyormiz. 10 ta o‘yinni yutish oson emas, ayniqsa muhim futbolchilar ishtirok eta olmasa", — deydi murabbiy.

Теги :
Jamiyat