$
 11765.21
-0.55
 13586.46
-52.41
 139.35
-0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Kasb ustalari uchun qizil gilam: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” qanday o‘tdi — fotoreportaj

yan

“Humo Arena”da “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli hududlardan kelgan yosh kasb ustalari qizil gilamda kutib olinib, katta sahnada taqdirlandi.

Tanlov santexnika, payvandlash, elektromontaj, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, oshpazlik, sartaroshlik, moda texnologiyalari kabi 10 ta yo‘nalishni qamrab oldi. Respublika bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor bo‘ldi.

Taqdirlash katta shou formatida tashkil etildi: mehmonlar qizil gilam orqali kutib olindi, sahnada musiqiy chiqishlar namoyish etildi, yosh ustalarga medal va pul mukofotlari topshirildi. G‘oliblarni tayyorlagan ustozlar ham alohida e’tirof etildi.

Tadbirning asosiy g‘oyasi ham shunda — kundalik hayotda doim ko‘zga tashlanavermaydigan kasb egalarini katta sahnaga olib chiqish va ularning mehnatini omma oldida qadrlash.

Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanovning aytishicha, sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bir paytda ham amaliy kasblarga ehtiyoj yo‘qolmaydi.

“Payvandchining ishini yaqin orada sun’iy intellekt egallay olmaydi. Demak, biz hali ham qo‘l mehnati bilan bajariladigan kasblarga ehtiyoj sezamiz”, — dedi u.

Respublika bosqichi g‘oliblari uchun keyingi manzil — WorldSkills. Ular ikki yildan keyin Yaponiyada o‘tkaziladigan xalqaro chempionatda O‘zbekiston nomidan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga Prezident sovrini sifatida 100 ming AQSH dollari berilishi ko‘zda tutilgan.

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” taqdirlash marosimining eng yorqin lahzalari — fotoreportajda.

kasb tanlov 3
kasb tanlov 2
kasb tanlov 1
kasb-23
kasb-22
kasb-21
kasb-20
kasb-19
kasb-18
kasb-17
kasb-16
kasb-15
kasb-14
kasb-13
kasb-12
kasb-11
kasb-10
kasb-9
kasb-8
kasb-7
kasb-6
kasb-5
kasb-4