$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bugun futbolda tarixiy start, futzalda esa final bor

OTJ

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushib, Olimpiya o‘yinlarini boshlab beradi. Shuningdek, Toshkentda Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan futzal turnirining ham final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Tarixiy kun

Bugun O‘zbekiston sporti va Olimpiada o‘yinlari tarixida navbatdagi tarixiy kun. O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor Olimpiada o‘yinlarida jamoaviy tarzda o‘ynaladigan sport turida ishtirok etadi. O‘z-o‘zidan o‘zbek futbolida ham tarixiy kun. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Olimpiada o‘yinlaridagi debyut o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi. 

Futzal finali

Yuqoridagi o‘yin yakunlangach, sizda yana bir o‘yinni tomosha qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. O‘yindan avval ham sizda bir tanlov bor. Bugun “Mirabror Usmanov Cup-2024” xalqaro futzal musobaqasining hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun qo‘shnilarimiz Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘zaro bahs olib boradi. Bu o‘yin soat 17:00 ga belgilangan bo‘lsa, final bahsida esa O‘zbekiston futzal terma jamoasi Gvatemalaga qarshi maydonga tushib, o‘yin 20:00 da boshlanishi belgilangan. "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tuvchi ushbu o‘yinlarga kirish mutlaqo bepul.