Global oziq-ovqat banklari tufayli dunyo bo‘ylab oziq-ovqat chiqindilari 1,8 mln. tonnaga kamaygan
Global oziq-ovqat banklari tarmog‘i o‘z faoliyatining natijalari haqidagi hisobotida 2023-yilda 45 ta mamlakatdagi 40 million kishini oziq-ovqat va zarur tovarlar bilan ta’minlay olganini bildirdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Global oziq-ovqat banklari tarmog‘i o‘z faoliyatining natijalari haqidagi hisobotida 2023-yilda 45 ta mamlakatdagi 40 million kishini oziq-ovqat va zarur tovarlar bilan ta’minlay olganini bildirdi.
2023-yilda 1,7 mlrd. ovqat tarqatilgan
Bu nafaqat ortib borayotgan oziq-ovqat talabini qondirgan, balki oziq-ovqat chiqindilarini ham kamaytirib, o‘tgan yili 1,8 million metr tonna uglerod chiqindilarining oldini olgan. Tashkilot tomonidan mahsulotlarni bevosita fermer xo‘jaliklari va ulgurji omborlardan yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Xuddi shu hisobotga ko‘ra, Global oziq-ovqat banki tarmog‘i 2023-yilda 654 million kilogramm oziq-ovqat yoki taxminan 1,7 milliard ovqat tarqatgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.
Yer yuzida har 33 kishidan biri to‘yib ovqatlanmaydi
BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va harbiy mojarolar tufayli oziq-ovqat taqchilligi eng yuqori darajaga yetgan. Ayni paytda Yer yuzidagi har 33 kishidan biri o‘zining asosiy ehtiyojlarini, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida yordamga muhtoj. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikricha, muammo oziq-ovqat yetishmovchiligida emas, balki oziq-ovqat mahsulotlarining muhtojlar o‘z oilasini boqishi uchun ularga yetib bora olmayotganligidadir. O‘tgan yili oziq-ovqat banklari fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga asosan sabzavot va mevalarni tarqatdi, bu esa, boshqa narsalar qatori, 2022-yilga nisbatan hosildan keyingi yo‘qotishlarni 35 foizga qisqartirdi.
Global oziq-ovqat banki qanday tashkilot?
Global oziq-ovqat banki – bu ishlab chiqaruvchilar, chakana sotuvchilar, oziq-ovqat korxonalari, jismoniy shaxslar va boshqa etkazib beruvchilardan oziq-ovqat mahsulotlarini (shu jumladan, yaroqlilik muddati o‘tib ketgan) yig‘ib, och qolganlarga tarqatadigan notijorat xayriya tashkiloti. Hozirgi vaqtda bank tarmog‘iga 34 ta davlat a’zo.


