$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondiga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori yuzasidan e’tiroz bildirildi

bolalar

2025-yilda mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi. Bunda kelgusi yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, davlat aktivlari ijarasidan tushadigan tushumlar hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizigacha qismi tuman (shahar)lar byudjetlariga qoldiriladi.

Kelgusi uch yil davomida o‘zgarmaydi

2026-yil 1-yanvardan esa tuman (shahar)lar byudjetlariga mazkur daromad tushumlaridan ajratmalar miqdoriga kelgusi uch yil davomida o‘zgartirish kiritilmasligi nazarda tutilmoqda. Xalq vakillari tomonidan mazkur chora-tadbirlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

Eksportchi tadbirkorlik subyektlariga berilgan soliq imtiyozlari nima uchun bekor qilinmoqda?

Shuningdek, yig‘ilishda deputatlar “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida eksportchi tadbirkorlik subyektlariga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilish nazarda tutilayotganiga e’tibor qaratib, buning sabablari bilan qiziqdi.


Bundan tashqari, fraksiya a’zolari Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondiga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yuzasidan e’tiroz bildirib, Byudjetnomada nazarda tutilgan mablag‘ og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va yordam ko‘rsatish uchun yetarli emasligini ta’kidladi. O‘z navbatida, Fondga ajratilayotgan mablag‘ miqdorini qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdi.

Теги :
Jamiyat