Seshanba, 10-noyabr, 2026
Havo 71 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌧 +12° kechasi +8°

AQShga emas, Janubiy Afrikaga

Ushbu “o‘ziga xos sayohat” jabrlanuvchiga $14 300 ga tushgan.

1 daqiqa o‘qiladi

AQShga emas, Janubiy Afrikaga

Jizzax shahrida fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

14 300 dollar

Qayd etilishicha, shaharning Xayrobod mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Unda o‘g‘li M.T. ni Sharof Rashidov tumanining Xayrobod mahallasida yashovchi A.Y. Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14 300 dollar olgani, lekin farzandini Janubiy Afrikaga jo‘natganini bildirgan.

Chorasiz qolib ketgan arizachi

Arizachi o‘g‘li Afrikada chorasiz qolib ketgani, o‘z navbatida A.Y. undan vaziyatni o‘nglash uchun yana 6700 dollar talab qilayotganini aytgan. Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, 6 700 dollar olgan A.Y. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.