Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan "avtofiribgar" ushlandi

U Turkiyaning Istanbul shahridan topilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan "avtofiribgar" ushlandi

Uni qo‘lga olish uchun Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Deportatsiya

Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

 Jaxongir Xasanboyev Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan va 3-avgust kuni deportatsiya qilingan.

10 yillik firibgar

U 2014-yildan buyon avtomobil oldi-sotdisi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.

Chet elga qochish chora emas

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi. 

Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishsin.