Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo‘ni sotib olmaydigan bo‘ldi

Qozog‘istonning eng yirik fintex kompaniyasi O‘zbekistondagi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokini to‘xtatganini ma’lum qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo‘ni sotib olmaydigan bo‘ldi

Qozog‘istonning eng yirik fintex kompaniyasi O‘zbekistondagi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokini to‘xtatganini ma’lum qildi. 

Kompaniya ma’lumoti

Kompaniya Humo‘ni sotib olish amalga oshmaganiga qaramay, O‘zbekiston raqamli transformatsiyasida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni izlashda davom etishini bildirgan. 2024-yilda Kaspi.kz AQShning NASDAQ fond birjasida IPO o‘tkazdi va bu so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallashuvi taxminan 24 milliard dollarni tashkil etadi. Ma’lumot uchun, Kaspi kompaniyasining Humo‘ni sotib olishga bo‘lgan qiziqishi avgust oyida e’lon qilingan edi. 

 Kaspi fintex kompaniyasi haqida

Kaspi — Qozog‘istondagi yetakchi fintex kompaniyasi bo‘lib, u moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat va to‘lov texnologiyalarini birlashtirgan tizimni yaratgan. Kompaniya o‘zining Kaspi.kz superappli orqali mijozlarga turli xizmatlarni taqdim etadi. Kaspi o‘zining innovatsion yondashuvi va mijozlarga qulaylik yaratishga qaratilgan strategiyasi bilan Qozog‘istonda katta muvaffaqiyatga erishdi. Kompaniyaning asosiy aksionerlari va rahbarlari orasida Vyacheslav Kim va Mixail Lomtadze bor. Kaspi o‘zining uchta asosiy platformasi — to‘lovlar, marketpleys va fintex orqali mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlar taqdim etadi. 

Humo to‘lov tizimi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat to‘lov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd so‘m. Ayni paytda 27 milliondan ortiq Humo kartalari chiqarilgan bo‘lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan.