$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi 8 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

UFA

FIFA rasmiy sayti oktyabr oyidagi milliy jamoalarning o‘yinlaridan keyin reytingni yangiladi.

FIFA reytingi

Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi Eron (0:0) va BAAga qarshi o‘yindan (1:0) keyin bu safar ikki pog‘onaga yuqorilab, 58-o‘ringa ko‘tarilgan. Vakillarimiz bundan avval sentyabr oyida 60-o‘rinni band etgan edi. 58-o‘rin milliy jamoamizning so‘nggi 8 yillikdagi eng yaxshi natijasi sanaladi. Jamoaning bunga qadar bo‘lgan eng yaxshi natijasi Samvel Babayan murabbiyligida 2016-yilda qayd etilgan bo‘lib, unda terma jamoamiz FIFA reytingida 48-o‘rinni band etgan.

Markaziy Osiyo

O‘zbekistonning reytingdagi umumiy balli 1429,26 ni tashkil qiladi. Markaziy Osiyoda ikki pog‘ona yuqorilagan o‘zbekistonliklardan keyin Qirg‘iziston terma jamoasi 1207,08 ball bilan 103-o‘rinni band etdi. Qirg‘izistonliklar darhol jadvalda uch pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan. Qozog‘iston 1186,46 ochko bilan 107-o‘rinni egallagan.

Теги :
Jamiyat