$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

FHDYoda nima gaplar: 2023-yildagi oila statistikalari

FHDYo

Adliya vazirligining rasmiy sahifalari FHDYo bilan bog‘liq bo‘lgan 2023-yildagi bir-biridan qiziq statistikalarni taqdim etdi, unda nikoh va nikoh bilan bog‘liq holatlar, tug‘ilish miqdorlari qayd etilgan.

200 mingdan ortiq nikoh qayd etildi

O‘tgan yili yurtimizda 283 788 ta nikoh holati qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha nikoh Yoshi 24 ni tashkil qiladi. Ushbu nikohlarning 243 210 tasi 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida bo‘lgan hisoblanib, ushbu son eng yuqori Samarqand viloyatida qayd etilgan. Eng ko‘p miqdor Toshkent shahrida qayd etilgan 50 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi nikohlar soni – 1447 ta.turmushga chiqqan ayollarning 85 279 tasi bevosita erining familiyasiga o‘tgan.

Oilaviy qayd etish xizmatlarining faoliyati

Ushbu yilda nikohlanuvchilardan 21 636 ta ariza onlayn tarzda qabul qilingan bo‘lib, axborot bazasida 8 milliondan ortiq oilaning tartibi shakllantirildi, 7562 nafar fuqaroning ismi, familiyasi yoki otasining ismi o‘zgartirildi. Tezlashtirilgan xizmatlarda ham ancha ishlar qilinib, ularning soni 4 taga yetkazilib, muddatdan oldin 33 567 ta xizmatlar ko‘rsatildi. Fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha vaqti ham 12 daqiqadan 5-8 daqiqagacha tushirildi. Bu davrda 2 069 ta ajrimlar rasmiylashtirildi, shundan eng ko‘pi Toshkent shahri(392) va Andijon viloyatida(288) bo‘lsa, eng kami Xorazm(43) va Qoraqalpog‘istonda(22) qayd etilgan.

Qayd etilgan tug‘ilishlar

2023-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan 4 418 nafar otalar, 106 038 nafar onalar farzandli bo‘lgan. Tabiiyki yosh oshib borgani sari ushbu raqamlar pastga qarab o‘sa boshlaydi. Jumladan, 50 yoshdan keyin 4 814 nafar, 60 yoshdan keyin 834 nafar, 70 yoshdan keyin 74 nafar otalar, 40 yoshdan keyin 10 885 nafar, 45 yoshdan keyin 309 nafar, 50 yoshdan keyin 42 nafar onalar farzandli bo‘lgan. Bu yilda jami 23 428 nafar egizak farzand tug‘ilib, shundan eng ko‘pi Farg‘ona(2 822) va Samarqandda(2 696) ta bo‘lsa, eng kam miqdor Navoiy(721) va Sirdaryoda(573) qayd etilgan. Umumiy tug‘ilishlar sonini viloyatlar kesimida olganda ham eng ko‘p chaqaloq Samarqandda tug‘ilgan - 114 446 nafar, keyingi pog‘onalarda Farg‘ona - 107 602 hamda Qashqadaryoda – 102 364 ta. Tug‘ilish soni bo‘yicha eng kam miqdor esa Sirdaryo viloyatida – 23 486 nafar, keyingi o‘rinlarda Navoiy – 27 028 va Jizzax – 40 781 nafar.