$
 12502.99
-21.9
 14484.71
28.48
 155.94
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

Fast food Foto: The expert clinics

Dunyoda tezpishar taomlarga talab hamon yuqori. Ayniqsa, yoshlar orasida! Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, qovurilgan kartoshka frisi, chips hamda turli qandolatlarning bozori chaqqon. Ammo ushbu mahsulotlar tarkibida transyog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi. Bu esa mutaxassislarni jiddiy xavotirga solyapti.

SSVning xabar berishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi hisobot ayni shu muammoga qarshi global tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

Yiliga 278 mingdan ortiq odamning o‘limiga aynan shu mahsulot sabab bo‘lishi mumkin

Xususan, JSST oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va tayyorlovchi tadbirkorlarni transyog‘lardan voz kechishga chaqirmoqda. Bu borada hukumatlarga ham tegishli talablar bor.

Tashkilot mas’ul xodimi Franchesko Brankaning qayd etishicha, transyog‘lar yurak xuruji va o‘lim xavfini oshirayotgani sir emas. Yiliga 278 mingdan ortiq kishining hayotdan ko‘z yumishi ayni shu zararli “masalliq” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

53 ta mamlakatda transyog‘larga qarshi kurashilmoqda

Aslida, hozir 53 mamlakat sanoat usulida ishlab chiqarilgan transyog‘larga qarshi kurash bo‘yicha ilg‘or usullarni qo‘llamoqda. Bu qariyb 3,7 milliard odamning salomatligini himoya qilish imkonini beradi.

BU yil yana 5 ta davlat safga qo‘shildi

2023-yilda shunday cheklovlar yettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada kuchga kirdi.

2024-yil yanvar oyida JSST beshta davlat – Daniya, Litva, Polsha, Saudiya Arabistoni va Tailandga sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lardan voz kechish bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini taqdim etdi.

Yana 8 ta davlat bilan o‘lim ko‘rsatkichini 90 foizga kamaytirish mumkin

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, agar bunday ilg‘or amaliyotlar yana sakkizta mamlakatda joriy etilganida, bu xavfli mahsulot bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini 90 foizga kamaytirish mumkin edi.

Теги :
Jamiyat