$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi mehribonlik uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlari qabul qilinmaydi

bolalar uyi

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-185-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Mehribonlik uylarida yangi tartib joriy etilmoqda

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

— mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;

— yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;

— tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;

— bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;

— “Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi.

Onalar uchun “Maskan”: vaqtincha boshpana va qo‘llab-quvvatlash xizmati yo‘lga qo‘yiladi

2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

“Onalar maskani”da:

— onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

— ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

— onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun moddiy yordam beriladi

2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi. (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi)

2025-yil 1-fevraldan boshlab:

oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi;

30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi

Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.

Endilikda aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qat’i nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga to‘lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilinmaydi.

Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.


Теги :
Jamiyat