$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Quvaytga dori vositalarini eksport qilishi rejalashtirilmoqda

farmatsevtika

O‘zbekiston elchisi Quvayt Farmatsevtika importyorlari va dorixonalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi bilan uchrashdi.

Farmatsevtika sohasida uchrashuv

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov va Quvayt Farmatsevtika importyorlari va dorixonalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi, "Al Mojil Drug Company" kompaniyasi bosh direktori Faysal al-Mojil bilan uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va dori vositalarining Quvaytga eksportini tashkil qilish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi.

Hamkor tarafga namunalar taqdim etildi

Uchrashuvda Quvayt vakiliga Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilayotgan tibbiy mahsulotlardan namunalar taqdim etildi.

Loyihalar bo‘yicha fikr almashish maqsadida Quvayt Farmatsevtika importyorlari va dorixonalari uyushmasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish taklifi ham berildi.

Faysal al-Mojilning oxirgi tashrifi

Faysal al-Mojil O‘zbekistonga 1999-yil borganini, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atini va erishilayotgan yuksak natijalarni yuqori baholadi.

U mutasaddilar bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Теги :
Жамият