$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Kelgusi o‘quv yilida abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topshiradi?

abituriyent

Oliy taʼlim muassasalarining 2025/2026-oʻquv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (yoki kasbiy ijodiy imtihon) fanlar majmuasi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 

Quyida ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovi va kasbiy (ijodiy) imtihon fanlari majmuasi keltirilgan:

Maktabgacha taʼlim:

  • 1-fan: Biologiya
  • 2-fan: Ona tili va adabiyoti

Boshlangʻich taʼlim:

  • 1-fan: Ona tili va adabiyoti
  • 2-fan: Matematika

Pedagogika va psixologiya:

  • 1-fan: Tarix
  • 2-fan: Ona tili va adabiyoti

Jurnalistika:

  • 1-fan: Kasbiy (ijodiy) imtihon
  • 2-fan: Ona tili va adabiyoti

Quyida batafsil maʼlumot keltirilgan.

Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchunchi?

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Majburiy blok

Shuningdek, OTM kirish imtihonlarida barcha yo‘nalish abituriyentlari mutaxassisligidan qat’iy nazar majburiy blok fanlaridan test topshirishadi. Majburiy fanlar bloki matematika (10 ta), ona tili (10 ta) va O‘zbekiston tarixi (10 ta) fanlarini o‘z ichiga oladi

Теги :
Jamiyat