Shaxsiy tadbirkorlik korxonalari eng ko‘p hudud qaysi?
1-iyul holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 55 385 tani tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxsiy tadbirkorlik korxonalari eng ko‘p hudud qaysi?
1-iyul holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 55 385 tani tashkil etgan.
Shaxsiy korxonalar faoliyati
Shaxsiy tadbirkorlikning oshishi va tadbirkorlik faoliyatiga davlat aralashuvining kamayishi mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada o‘sishiga olib keladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 55 385 tani tashkil etdi.
Eng ko‘p xususiy korxona joylashgan hududlar
Hududlar kesimida statistikaga ko‘ra, eng ko‘p xususiy korxonalar joylashgan hududlardan birinchi o‘rinda 7 316 ta bilan Toshkent, ikkinchi o‘rinda 6 532 ta bilan Qashqadaryo viloyati, uchinchi o‘rinda esa 6 150 ta bilan Farg‘ona joylashgan.
Keyingi o‘rinlarda:
4. Samarqand viloyati – 4 834 ta
5. Surxondaryo viloyati – 4 726 ta
6. Xorazm viloyati – 4 446 ta
7. Navoiy viloyati – 4 133 ta
8. Namangan viloyati – 3 471 ta
9. Toshkent viloyati – 3 448 ta
10. Buxoro viloyati – 2 555 ta
11. Jizzax viloyati – 2 486 ta
12. Andijon viloyati – 2 150 ta
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 135 ta
14. Sirdaryo viloyati – 1 003 ta bilan joylashgan.



