$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Ertalabki kayfiyat kunning boshqa paytlaridan ko‘ra yuqori va ko‘tarinki bo‘ladi

ertalab

Odamlar ertalab o‘zini kechqurunga qaraganda yaxshiroq his qilarkan. London universiteti (UCL) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kunning ilk soatlarida ko‘pchilik o‘zini eng yaxshi holatda his qiladi.

Hayotdan mamnunlik hissi hafta kunlariga qarab ham farqlanadi

Tadqiqot COVID-19 pandemiyasi davrida 49 218 nafar katta yoshli odamlar ishtirokida o‘tkazilgan. Unda odamlar ertalab “o‘zini yaxshi his qilish” holatida uyg‘onishi, kechqurun esa kayfiyati yomonlashishi aniqlangan.

UCL tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, baxtlilik, hayotdan qoniqish va hayot ma’nosini his qilish darajalari dushanba va juma kunlari yakshanbaga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan. Seshanba kuni ham odamlar o‘zini biroz yaxshiroq his qilgan, lekin hafta kunlari bo‘ylab yolg‘izlik hissi sezilarli darajada farq qilmagan.

Hafta davomida turli omillar inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatib boradi

Olimlar bu holatni inson tanasining biologik soati va gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlashyapti. Masalan, kayfiyatga ta’sir qiluvchi kortizol gormoni uyg‘ongandan so‘ng eng yuqori darajada bo‘ladi va kechga borib eng past darajaga tushadi. Shuningdek, hafta kunlari bo‘ylab kayfiyat o‘zgarishi ish, kundalik vazifalar va turmush tarzi kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Tungi vaqtlar uchun psixolog xizmatini joriy etish muhim ahamiyatga ega

Olimlar tadqiqot natijalari boshqa ishlarda ham tasdiqlansa, bu psixik salomatlikni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari uchun muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini ta’kidlayapti. Masalan, kechqurun inson ruhiyati ko‘proq yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin, shu sababli kechki vaqtda psixologik yordam xizmatlarini kengaytirish kerakligi taklif qilinyapti.