Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 76 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Yangi tarif bo‘yicha elektr energiyasi rostdan ham qo‘shib hisoblanmoqdami?

Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi elektr energiyasi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Yangi tarif bo‘yicha elektr energiyasi rostdan ham qo‘shib hisoblanmoqdami?

So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hisoblangan summa noto‘g‘ri hisoblangani hamda qo‘shib yozilganligi haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Shuhrat Kurbanov da’vosi

Xususan, bloger Shuhrat Kurbanov о‘z sahifasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) tomonidan joriy yilning 5-iyul holatiga о‘tgan oy uchun hisoblangan 198 kVt•soat elektr energiyasi notо‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi haqida post qoldirgan.

Boshqa iste’molchilar tomonidan ham shunga о‘xshash fikrlar bildirilgan. Xususan, aksariyat holatda iste’molchilar о‘z hisob raqamlarini tekshirganda belgilangan ijtimoiy norma, ya’ni 200 kVt•soat iste’mol qilinmagan bо‘lsa-da, iste’molning ma’lum qismi yuqori – 900 sо‘mlik tarifda hisoblanganligi bо‘yicha e’tirozlar bildirishgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” munosabati

Ushbu xabarlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ quydagilarni ma’lum qildi:

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) iste’molchilarga о‘rnatilgan hisoblagichlar orqali kun yakuni bilan, ya’ni soat 00:00 da iste’mol qilingan kо‘rsatkichlarni tizimga yuboradi, о‘z navbatida, billing tizimi hisoblagich kо‘rsatkichlarini sutka davomida iste’molchilarning hisob raqamiga yozib olib, hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Bir oylik hisob-kitob misoli

Ushbu holatni bir oylik elektr energiya iste’moli hisob-kitobi misolida kо‘rib chiqamiz:

Iste’molichida 01.06.2024-yil sanasiga hisoblagich kо‘rsatkichi 12 440 kVt•soat va 30.06.2024 sanasiga 12 750 kVt•soat. Ushbu holatda 12 750 – 12 440 = 310 kVt•soat = 200*450 + 110*900 = 189 000 sо‘m.

Mazkur holatda kо‘rsatkichlar orasidagi kunlar soni 29 sutkaga teng.

Bunda oyning oxirgi kuni – 30-iyun sutkasidagi iste’mol kunining yakuni, ya’ni 01.07.2024-yil soat 00:00 sanasida yozib olinadi.

Yangi oy boshlanganligi sababli о‘tgan oyning oxirgi kunidagi bir kunlik iste’mol yangi oyga qо‘shiladi va о‘tgan oyda iste’mol 200 kVt•soatdan oshganligi sababli keyingi 900 sо‘mlik narxdan hisoblab kо‘rsatiladi.

Shunda iyul oyi uchun amalga oshirilgan hisob-kitoblar quyidagicha aks ettiriladi:

05.07.2024-y. sanasida iste’molchi 40 kVt•soat iste’mol qilgan bо‘lsa va 30.06.2024-yil sanadagi bir kunlik iste’mol 10 kVt•soat bо‘lganda 10*900 + 40*450= 27 000 sо‘m.

“Shu о‘rinda iste’molchilarga mazkur tizimda barcha funksiyalar raqamlashtirilganligi hamda inson omili ishtirok etmasligini eslatgan holda, hisoblagichlardagi har bir kо‘rsatkichlar aniqlik bilan hisob-kitob qilinishini ta’kidlab о‘tmoqchimiz”, – deyiladi xabarda.