Quyosh energiyasiga oid katta loyihalar amalga oshiriladi
Qarshi shahrida 300 Megavattli, Nukus shahrida 200 Megavattli quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh energiyasiga oid katta loyihalar amalga oshiriladi
Qarshi shahrida 300 Megavattli, Nukus shahrida 200 Megavattli quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
Elektrga oid natijalar
Elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan o‘tgan birinchi yarim yillikda 12 trln so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, 116 foiz o‘sish ko‘rsatkichlariga erishildi.
Shuningdek, hududiy dasturlar doirasida 17 ta loyiha ishga tushirilib, 1,4 trln so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi
Investitsiyalar hajmi
Investitsiya dasturi doirasida 131,1 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan 116,5 mln dollar mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Eksport hajmi esa 560,3 mln dollarni tashkil etib, 200 turga yaqin mahsulotlar dunyoning 72 mamlakatiga eksport qilindi. O‘sish sur’ati 118,8 foizni tashkil etdi.
Ushbu davrda AQSH, Kanada, Hindiston, Liviya, Kipr, Qatar, Isroil kabi bozorlarga ilk bor mahsulotlar yetkazib berilgan.
Kelgusi loyihalar
2024-yil yakuni bilan Qarshi shahrida 300 Megavattli, Nukus shahrida 200 Megavattli quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladigan bo'ldi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ma’lum qildi.
Yana bir muhim yangilik, elektrotexnika sanoati tarixida birinchi marotaba Kanada va Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport amalga oshirildi. Italiya va Hindiston davlatlariga kabel-sim va mis quvurlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.



