$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

5 oyda 25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi

green energy

“Oʻzbekneftgaz” AJda onlayn nazorat qilish dasturi joriy qilingan bo‘lib, u orqali har bir obyektda oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlari masofaviy nazorat qilinadi.

Energiya manbalari va energiya tejamkor qurilmalarni joriy etish

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor qurilmalarni joriy etish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, 2024-yil boʻyicha mazkur tashkilotning tizim korxonalarida energiya resurslarini tejashga qaratilgan 54 ta tadbir tashkil etilgan. Unga koʻra, joriy yilning yanvar-may oylarida 10,35 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi, 45 ming litr quyosh suv isitish qurilmasi, 62 dona chastota rostlash qurilmasi, 2 komplekt energiya tejamkor nasos, 5 400 dona energiya tejamkor lampa oʻrnatildi.

Yil yakuniga qadar 78,7 million kilovatt soat elektr energiyasi tejaladi

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodovning ma'lum qilishicha, amalga oshirilgan bu kabi tadbirlar natijasida oʻtgan 5 oyda 25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilingan.

“Bugunga qadar tizim tashkilotlarida joriy qilingan quyosh fotoelektr stansiyalari 26,7 MVt, quyosh suv isitish qurilmalari 89 ming 200 litr, chastota rostlash qurilmalari 108 dona, energiya tejamkor nasoslar 12 komplekt, energiya tejamkor lampalar 13 ming 235 dona, harakat datchiklari 1 103 dona, gofra panellari 4 696 kv.m va quyosh panelli yoritish chiroqlari 1 ming 951 donani tashkil etmoqda. Bu ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad esa joylarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, iste'mol koʻrsatkichlarini pasaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va energiya resurslari ta'minoti barqarorligini ta'minlashdir. Aytish joizki, mazkur koʻrilayotgan choralar hisobiga 2024-yil yakuniga qadar 78,7 million kilovatt soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi”, – dedi M.Ibodov.

35,2 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish

Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJda onlayn nazorat qilish dasturi joriy qilingan. U orqali har bir obyektda oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlari masofaviy nazorat qilinadi.

Hozirda mavjud quyosh fotoelektr stansiyalari boʻyicha jami quvvatlar 26,7 MVtni hamda quyosh suv isitkichlari hajmlari esa 89,2 ming litrni tashkil etadi. Ular orqali bir kunda 160 ming kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida “Oʻzbekneftgaz” AJning kunlik elektr energiyasi iste'molini 9-10 foiz qisqartirishga erishilyapti. 2024-yil yakuniga qadar mavjud qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 35,2 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Теги :
Жамият