$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadbirkorlarga solinadigan elektr energiyasi bo‘yicha jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi

Elektr

Prezidentning biznes uchun teng sharoit va adolatli raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan farmonidagi “Yo‘l xaritasi”da tadbirkorlarning ayrim jarimalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.

Unda tadbirkorlik subyektlari tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar keltirilgan.

Qayta ko‘rib chiqish tartibi

Xususan, elektr energiyasini behuda sarflash, jumladan, undan binolarni yoritish uchun xo‘jasizlarcha foydalanish tushunchasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyat turlarining xususiyatini inobatga olib, belgilangan moliyaviy va ma’muriy jarima miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Qarzdorligi bor tadbirkorlar tarmoqdan uzilmaydi

Shuningdek, jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini nazarda tutish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda 2025-yil mart oyiga qadar yuqoridagilar ko‘zda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi mas’ul ijrochilar etib belgilandi.

Yuridik shaxslarga ham onlayn to‘lovlar joriy qilinishi mumkin

Tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gazga to‘lov qilishda qulayliklar yaratish ham rejalashtirilgan.

Yuridik shaxslarga korporativ kartadan mobil ilovalar orqali elektr energiyasiga to‘lovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. 2025-yil fevralgacha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi lozim. Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” mas’ul ijrochilar etib belgilandi.

Теги :
Jamiyat