$
 12972.08
15.08
 13223.74
-121.97
 126.61
-1.16
weather
+26
Кечаси   +14°

Energiya resurslarining narxi odamlarni xavotirga solmoqda

Energiya resurslari

Markaziy Bank aholi o‘rtasida inflyatsion kutilmalarini tahlil qildi. Bunda 2774 fuqaro qatnashdi. O‘tgan yilning dekabr oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,4 foizga teng bo‘ldi.

Dekabrda 57 foizlik inflyatsiya

2024-yilning noyabr oyida yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashishidan xavotirlanish 51 foizni tashkil etgan bo‘lsa, dekabrga kelib bu ko‘rsatgich 57 foizga yetdi.

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari, kommunal xizmatlarqimmatlashishi, valyuta kursi o‘zgarishi, transport xarajatlarining oshishihamda monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishini qayd etgan respondentlar ulushi ko‘paygan.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari 13,9 foizni tashkil etdi

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan oshib, 13,9 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlar orasida valyuta kursining qimmatlashishi eng xavotirli masala bo‘lib turibdi. Respondentlarning 52 foizi buni kelgusi 12 oy uchun inflyatsiyaning asosiy omili deb hisoblaydi.

Narx oshishiga valyuta kursi bo‘lishi mumkin

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursidan tashqari kommunal xizmatlar, yoqilg‘i va energiya resurslari narxining oshishi hamda transport xarajatlarining ko‘payishi qayd etildi. Shu bilan birga, ish haqi va nafaqalarning oshishini inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omil sifatida belgilagan tadbirkorlar ulushi kamaygani kuzatildi.

Toshkent shahrida inflyatsion kutilmalar yuqori foizni tashkil etgan bo‘lsa, Andijon shahrida bu ko‘rsatgich nisbatan past ko‘rsatgichni qayd etgan.

Теги :
Jamiyat