$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Energokrizis fonida narxlar oshishda davom etmoqda – Otabek Bakirov

Oziq-ovqat

Energokrizis ta’siri ostida mahsulotlar narxi oshishda davom etmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sahifasida 24-dekabr holatidagi narxlarni e’lon qilindi.

Bodring narxi 24 mingdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarilgan

Iqtisodchi Otabek Bakirov yozishicha, gazdan uzilgan issiqxonalarda yetishtiriladigan bodring narxi 24 mingdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarildi, bu holatni shartli ravishda “bodring indeksi” deb atash mumkin.

Qolgan oziq-ovqat narxlarida o‘sish qanday?

Oxirgi haftada boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. 24-dekabrga kelib, sabzi narxi 2,5 ming so‘mdan 3 ming so‘mgacha, lavlagi 2,7 ming so‘mdan 3 ming so‘mgacha, pomidor 19 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha, baqlajon 23 ming so‘mdan 24 ming so‘mgacha oshdi.

Mevalar narxida ham o‘zgarish bor

Shuningdek, mevalar narxi ham ortdi: mandarin 25 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha, ananas 21 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha, tarvuz 30 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha va qovun 35 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu holat energokrizisning jahon bozoriga ta‘siri natijasida yuzaga kelmoqda.

Теги :
Jamiyat