Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +19° kechasi +9°

Energoinqiroz: Poytaxt energiya tizimi bugungi issiqlik to‘lqiniga tayyor emasmidi?

Dispetcherlik xizmatiga poytaxtliklar tomonidan "svetsizlik" masalasi bilan bog‘liq shikoyatlar haddan tashqari ko‘paygan

2 daqiqa o‘qiladi

Energoinqiroz: Poytaxt energiya tizimi bugungi issiqlik to‘lqiniga tayyor emasmidi?

Oxirgi kunlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining poytaxtda istiqomat qiluvchi qisimi "svetsizlik"dan juda ham ko‘p shikoyat qilishmoqda. Bu vaziyatga ko‘plab tarmoq faollari qatorida iqlimshunos Erkin Abdulahatov ham munosabat bildirib o‘tdi. 

Bu anomal issiqlik ko‘rsatkichlari emas

Uning aytishicha, kecha Nukusda o‘rtacha sutkalik havo harorati iqlimiy me’yordan 5 daraja past kuzatilgan bo‘lsa, Toshkentda 5 daraja yuqori bo‘lgan. O‘zgidrometning uch tayanch meteorologik stansiyalarida kunlik ob—havo muhitini ko‘p yillik o‘rtachalashtirilgan iqlimiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirib boruvchi portal ma’lumotlariga ko‘ra, kecha poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +32.2°S iliq bo‘lgan. Bu, shu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik me’yordan 5 daraja yuqori cheklanishdir. Samarqandda esa 3 daraja yuqori bo‘lgan. Bundan ma’lumki, bu ko‘rsatkichlar anomal issiqlik ko‘rsatkichlari emas. "Biroq poytaxt energetik tizim mazkur issiqlik to‘lqiniga tayyor emasligi ham ko‘rinib qoldi", — deydi iqlimshunos.

Turli gumonlar paydo bo‘lmoqda

Bundan tashqari, 1055 dispetcherlik xizmatiga poytaxtliklar tomonidan "svetsizlik" masalasi bilan bog‘liq shikoyatlar haddan tashqari ko‘paygani ham vaziyatni yaxshi ifodalab bermoqda. Erkin Abdulahatovning fikriga ko‘ra, mas’ul tuzilmalar elektr energiyasi uzilishlari sabablarini ochiqlamasligi, tarmoqda tok yetishmovchiligi kuzatilayotgani va cheklovlar ko‘pchilikda tabiiy, inson qo‘li bilan kiritilayotganidek tasavvur uyg‘otmoqda.

Masalaga yechim

Iqlimshunos yechim sifatida bunday vaziyatda ko‘plab elektr generatsiyalar bitib foydalanishga topshirilguncha, aholi va xususiy sektor energetik tarmoqqa elektr energiya sotish amaliyotini tezroq joriy etishi kerakligini ta’kidlagan.

Bosh sabab o‘laroq ildizlarni "anomal energetiklar"dan qidirish kerak

Vaziyatga iqtisodchi bloger Otabek Bakirov ham to‘xtalib, "avval ham ko‘p ta’kidlaganimizdek, O‘zbekistondagi yozin-qishin davom etayotgan permanent energetik krizisda bosh sabab o‘laroq ildizlarni anomal issiq, anomal sovuq yoki anomal shamoldan emas, anomal energetiklardan qidirish kerak", — deydi. Uning fikricha: "anomal energetiklarning endi moliyaviy muammolar va arzon tariflarni ham bahona qilishga zarracha haqlari yo‘q. Anomal energetika iste’molchilar cho‘ntagidan bozorga yaqinlashgan tariflarda pul undirishga o‘tganiga qaramay, byudjetdan trillionlab subsidiyalarni so‘rishdan va moliyaviy yopiqlikdan voz kechgani yo‘q".