Energoinqiroz: Afg‘oniston chorasiz ahvolda qoldi
Sovuq ob-havo sharoitida Afg‘onistonda elektr energiyasining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Turkmanistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazish uzilib qolgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Sovuq ob-havo sharoitida Afg‘onistonda elektr energiyasining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Turkmanistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazish uzilib qolgan.
Energoinqiroz oqibati
Afg‘onistonliklar elektr uzilishlari ko‘payib borayotganidan shikoyat qilmoqda. Ushbu muammo sabab Samangan, Parvon, Panjsher, Kapisa, Kobul, Nangarhor, Lag‘mon, Paktika, Logar, Xost, Maydon Vardak, G‘azni va Bag‘lon viloyatining ayrim hududlari elektr ta’minotisiz qolgan. Har yili qish fasli kelishi bilan fuqarolar elektr ta’minotidagi jiddiy muammolarga duch keladi. Breshna mas’ullari Kobulda birinchi toifaga kiruvchi shifoxonalar va davlat muassasalariga, ikkinchi toifaga kiruvchi sanoat parklariga elektr energiyasini taqdim etmoqda. Shuningdek, uchinchi toifada istiqomat qiluvchi hududlarga reja asosida elektr ta’minoti taqsimlangan.
O‘zbekiston va Turkmaniston tomonidan uzilishlar bo‘lmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatgan. O‘zbekiston texnik muammolar tufayli eksportni to‘xtatgan bo‘lsa, Turkmaniston esa o‘z navbatida kuchli shamol tufayli elektr energiyasini eksport qila olmaydi.O‘zbekiston muammoni tezda hal qilishga va’da bergan. Markaziy Osiyo davlatlaridan elektr energiyasi olish bilan bog‘liq muammolar fonida Afg‘oniston ham Erondan elektr energiyasi olishda muammolarga duch kelmoqda. Eron ham muammolarni texnik nosozliklar bilan bog‘lagan.
O‘tgan yilgi aloqalar
Afg‘oniston o‘zining zarur elektr energiyasining asosiy qismini Eron, O‘zbekiston va Turkmanistondan import qiladi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 million dollarlik elektr energiyasi eksportini va 9,6 million dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirgan. 2023-yilda eksport ko‘rsatkichlari jami 100,8 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 milliard kVt/soat elektr energiyasi uzatilgan.


