$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir oyda 234,7 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

o

O‘zbekistonda so‘nggi bir oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 234 milliard 778 million so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.

234 milliard 778 million so‘mlik

Aniqlanishicha, iyul oyida “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 801 ta holatda isteʼmolchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Bunda 115,2 milliard so‘mlik elektr energiyasi (169 million 492 ming kilovatt/soat) va 119,5 milliard so‘mlik tabiiy gaz (53 million 552 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 234 milliard 778 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

 Aniqlangan qoidabuzarliklarning asosiy qismi elektr energiyasi bilan bog‘liq

Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 304 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan. Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 412 tasi elektr energiyasi, 63 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani maʼlum bo‘lgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Теги :
Jamiyat