$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

9,3 mln. dollarga qisqargan eksport va oshig'i bilan bajarilgan elektr energiyasiga oid rejalar

elektr

9,3 mln. dollarga qisqargan eksport va oshig'i bilan bajarilgan elektr energiyasiga oid rejalar

AOKAda o‘tkazilgan brifingda 2024-yil 1-yarim yilligida elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda bajarilgan rejalar haqida ma'lumot berildi.

Yarim yillikda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligida 17 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu qilingan rejaga nisbatan 111,8 foiz ko‘p degani.

Bundan tashqari, investitsiya dasturiga ko'ra 257,8 million AQSH dollariga teng mablag‘ o‘zlashtirilib, reja ko‘rsatkichi 101 foizni tashkil etdi. 

Talimarjon IES qurilishi hamda maqsadlar

 Investitsiya loyihalari doirasida ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVt va Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy, energosamarador bug‘-gaz qurilmalarini bunyod etish bo‘yicha qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Korxonaning asosiy maqsadlaridan biri mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida mahsulot tannarxi 758,9 mlrd.so‘mga pasaytirilib, reja 105,2 foizga bajarildi.

Kuz-qish mavsumlariga tayyorgarlik

2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jami 53 ta energiya obyektida, shu jumladan, 14 ta energiya blok, 1 ta turbo generator, 28 ta qozon agregati, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmalarini mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. 

Mavsumga tayyorgarlik fevral oyidan boshlanib, bugungi kunga qadar 6 ta energoblok, 5 ta bug‘-gaz qurilmasi, 17 ta qozon agregatlarida ta’mir ishlari yakunlandi. 4 ta energoblok va 8 ta qozon agregatida mukammal hamda o‘rta ta’mir ishlari amalga oshirilmoqda.

Import hajmi 9,3 million dollarga qisqargan

2024-yil yanvar-mart oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 32,1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 101,1 foizga bajarilishi ta’minlandi. Import hajmi esa 9,3 million AQSH dollariga qisqartirilib, bunda reja 122 foizga bajarildi.

Теги :
Jamiyat