Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°
Читать на русском

Texnik tadbirlar natijasida 401,528 mln.kVt.soat elektr energiyasi tejaldi

Bu chora-tadbirlar yoqilg‘i-energiya resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Texnik tadbirlar natijasida 401,528 mln.kVt.soat elektr energiyasi tejaldi

Bugungi kunda yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish bilan bir qatorda uni boshqa istiqbolli loyihalar rоʼyobi uchun yоʼnaltirish imkonini bermoqda.

Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkiliy va texnik tadbirlar hisobiga elektr energiyasi iqtisod qilish choralari kо‘rilmoqda.

Ko‘rilgan choralar  

Xususan, yuklama bilan ishlab turgan transformatorlarni almashtirish, isteʼmoli yuqori bоʼlgan hududlarda qоʼshimcha transformator оʼrnatish hamda yuklama bilan ishlab turgan kuch transformatorlarni bosqichma-bosqich almashtirish kabi bir qator choralar kоʼrildi.

Olib borilgan shunday amaliy ishlar natijasida joriy yilning sentyabr oyidan hozirgi kungacha 401,528 mln kVt⋅soat elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad

Ushbu tadbirlardan kоʼzlangan asosiy maqsad aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlashdan iboratdir. Tejalgan resurslar mamlakatda energiya ta’minoti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.