Qo'shma hamkorlik: Milliy va xalqaro energetika tajribasi
O'zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Energetika vazirliklari tomonidan birgalikda tashkil qilingan Energiya samaradorligi bo'yicha Ishchi guruh tajribalarni o'rganmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

O'zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Energetika vazirliklari tomonidan birgalikda tashkil qilingan Energiya samaradorligi bo'yicha Ishchi guruh tajribalarni o'rganmoqda.
Saudiya tajribasi
Ma'lum qilinishicha, energiya samaradorligi markazi (SEEC) direktori Nasser Alghamdi va markaz direktori o'rinbosari Naif Alragass bu sohada Saudiya Arabistoni Podshohligida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilik bazasining shakllantirilish bosqichlari, energiya samaradorlikni ta'minlashga xizmat qiladigan me'moriy yechimlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.
Milliy sohadagi masalalar
Shuningdek, O'zbekiston tomonidan esa Energetika vazirligi bosh mutaxassisi Bekzod Asadov yurtimizda energiya samaradorlikka erishilishi bo'yicha joriy holat hamda bu masala doirasida xalqaro tajribadan kelib chiqib, tizimga implementatsiya qilinishi ko'zda tutilgan huquqiy va me'moriy hujjatlar, suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi, qurilish va uy-joy kommunal va boshqa maishiy sohalarda energiya samaradorligiga erishishning yo'llari haqida ma'lumotlarni taqdim qildi. Hozirgi kunda ham ishchi guruh o'z faoliyatini davom ettirmoqda.



