$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Ozarbayjonlik qo‘shiqchi Chorvoq suv ombori bo‘yida xalqaro turizm markazi qurmoqchi

Agalarov

Ozarbayjonlik qo‘shiqchi va ishbilarmon Emin Agalarov bir qator yirik xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda Chorvoq suv ombori boʻyida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi barpo etish istagini bildirmoqda.

U yerda nimalar bo‘ladi?

Loyihaga koʻra, unda dam olish, choʻmilish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar boʻladi. Shuningdek, Xalqaro brendlarning doʻkonlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi.

Turli festivallar, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar oʻtkaziladi. Ikki qirgʻoq oʻrtasida koʻprik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi.

Kelajakda mazkur loyiha yirik turizm habga aylanib, unda yil davomida dam olish va yashash imkoni bo‘ladi.

sea breeze uzbekistan, бўстонлиқ тумани, шавкат мирзиёев, эмин агаларов sea breeze uzbekistan, бўстонлиқ тумани, шавкат мирзиёев, эмин агаларов

sea breeze uzbekistan, бўстонлиқ тумани, шавкат мирзиёев, эмин агаларов sea breeze uzbekistan, бўстонлиқ тумани, шавкат мирзиёев, эмин агаларов

Mirziyoyev loyihani ma’qulladi

Davlat rahbari bu taklifni maʼqullab, uni xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish va bosqichma-bosqich qurish zarurligini taʼkidladi. Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzib, loyihaning huquqiy asosini yaratish, infratuzilma masalalarini hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Emin Agalarov kim?

 Ma’lumot uchun, Emin Agalarov 1979-yil 12-dekabrda tugʻilgan. U Emin taxallusi bilan ham tanilgan. U – qo‘shiqchi, bastakor. 2018-yilda u Ozarbayjon xalq artisti unvonini olgan. 2023-yilda Agalarov Development koʻp tarmoqli kompaniyasiga asos solgan.

Теги :
Jamiyat