Elektrosamokatlarning trotuarlarda soatiga 10 km. dan yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin taqiqlandi
Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq bo‘lgan yuklarni tashishga ham ta’qiq qo‘yildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq bo‘lgan yuklarni tashishga ham ta’qiq qo‘yildi.
O‘zgartirish va qo‘shimcha
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, individual harakatlanish vositalarini (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 kilometrdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.
Kengligi 0,5 metrdan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish mumkin emas
Elektrosamokatlarni velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo‘lkasi mavjud bo‘lganda yo‘lning qatnov qismida, yo‘l yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlantirish taqiqlandi. Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish taqiqlandi.
14 yoshdan kichik bo‘lganlarga elektrosamokat haydash taqiqlandi
Elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi man etildi. Turar joy dahalari, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno.
Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslar turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi, qat’iy ravishda harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarishi kerak.



