$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda qabul qilinadi

suv

O‘zbekistonda 2024-yil 1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” axborot xizmati rahbari Akmal Murodov e’lon qildi.

Bundan maqsad nima?

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmati qamrovini yanada kengaytirish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida katta hajmdagi samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, to‘lov jarayonlarini raqamlashtirish orqali iste’molchilarga qulaylik yaratish va tizimda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.  

Sohada shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida joriy yilning 1-dekabridan respublika miqyosida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda qabul qilish tizimiga o‘tiladi.  

Nazoratchi va suv ta’minoti xodimlariga to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish to‘xtatiladi.

Sohadagi korrupsion holatlar

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida Xorazm viloyatida ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari fosh etilgandi. “X.S.T.” AJning Urganch, Qo‘shko‘pir, Xiva, Xonqa va Gurlan tumanlari filiali masʼul shaxslari isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan jami 380 million so‘mni bank hisob raqamlariga kirim qilmagan. Ular pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.