Endi elektromobilni quvvatlash arzonroqqa tushadi
Endilikda elektromobillarni uyda quvvatlash uchun yangi hamda arzonroq ta’riflar joriy etiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Endi elektromobilni quvvatlash arzonroqqa tushadi
Endilikda elektromobillarni uyda quvvatlash uchun yangi hamda arzonroq ta’riflar joriy etiladi.
"Elektromobil renessansi"
Elektromobillar haqidagi o‘ylar birnecha yillar oldin xomxayol bo‘lgan bo‘lsa, endilikda so‘nggi 3 yil davomida ularning soni 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi.
Jizzax viloyatida esa elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bu sababli esa elektr tizimini rivojlantirishda elektromobillarni quvvatlashni hisobga olish zarur.
Elektromobilni uyda quvvatlashda qulaylik
Endilikda elektromobillarni xonadonda quvvatlashni qo‘llab-quvvatlash uchun tungi ta’riflar joriy etiladi.
Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatilgan holda tungi vaqtda quvvatlanganlik uchun arzon ta’rif qo‘llanadi.
Quvvatlash stansiyalari
Ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonlarda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyalari o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlari, savdo markazlari, mehmonxona hamda dam olish maskanlari avtoturargohlarida quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi.



