$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektrobuslar “issiqxona gazlari” chiqindilarini 23 ming tonnaga qisqartirishga yordam berdi

Elektrobuslar

Toshkent va Samarqand shaharlarida elektrobuslardan foydalanish 2023-yil yakunlariga ko‘ra, “issiqxona gazlari” chiqindilarini 23 ming tonnaga qisqartirishga yordam berdi. Bu haqda Transport vazirining o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ma’lum qildi.

Bitta elektrobus yiliga 70 tonna issiqxona gazlari chiqindisini kamaytiradi

O‘tgan yili Toshkent shahrida 320 ta elektrobus ishga tushirildi, Samarqand jamoat transporti parkiga yana 14 ta elektrobus qo‘shildi. Shuningdek, bitta elektrobus o‘rtacha dizel yonilg‘isida ishlaydigan avtobus bilan solishtirganda yiliga 70 tonna issiqxona gazlari chiqindisini kamaytiradi.

Qoraqalpog‘iston shaharlari uchun ham elektrobuslar xarid qilish rejalashtirilgan

Eslatib o‘tamiz, joriy yil oxiri va keyingi yil boshida Samarqandga yana 100 ta elektrobus olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu transport vositalari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) mablag‘lari hisobidan sotib olinadi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston shaharlari uchun ham elektrobuslar va gazda ishlaydigan avtobuslar xarid qilinadi.

Shu bilan birga, Toshkentga 200 ta BYD elektrobus va 12 ta metro poyezdi xarid qilish rejalashtirilmoqda.

80 foizini ekologik toza energiya manbalariga o‘tkazish

O‘zbekiston 2030-yilga qadar shahar jamoat transportining 80 foizini ekologik toza energiya manbalariga o‘tkazishni maqsad qilgan. Ushbu maqsad mamlakatning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasida belgilangan.

Теги :
Jamiyat