Ohangaronda yangi “yashil” elektr stansiyasi quriladi
2 GVtlik quvvatga hamda 2 mlrd. dollarga yaqin byudjetga ega ushbu stansiyani Xitoy kompaniyasi qurishni rejalashtirmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

2 GVtlik quvvatga hamda 2 mlrd. dollarga yaqin byudjetga ega ushbu stansiyani Xitoy kompaniyasi qurishni rejalashtirmoqda.
Toshkentda yangi Xitoy kompaniyasi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Xitoyning “Baibuting Group” kompaniyasi yangi “yashil” elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu energetik loyihaning byudjeti 1,8 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi (https://toshkentviloyati.uz/news-detail/xitoy-tomoni-bilan-qiymati-18-milliard-aqsh-dollari-bolgan-hamkorlik-kelishuvi-imzolandi).
O‘zaro shartnoma imzolandi
Ikkala tomon o‘rtasida Uxan shahrida uchrashuv o‘tkazilib, unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi va shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi Ohangaronda Xitoy kompaniyasi quyosh, shamol va suv resurslaridan foydalanish hisobiga energiya ishlab chiqaradigan elektr stansiyasini quradi.
Dastlab 200 mln. dollar sarmoya kiritiladi
Loyihaning birinchi bosqichida 200 million dollarlik sarmoya kiritilib, 2 GVtlik quvvat yaratiladi. Undan tashqari, ushbu loyihaga boshqa 10 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ham jalb etiladi. Stansiyasini qurilishi uchun esa 2,6 ming gektar yer uchastkasi ajratiladi.



