$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari haqidagi qaror qabul qilindi

energy

Avval elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish borasidagi ishlar Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga muvofiq tartibga solinib kelinar edi.

Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-mayda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qarori qabul qilindi

Ma’lumki, shu vaqtga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish borasidagi ishlar Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga muvofiq tartibga solinib kelinayotgan edi.

Yangi qarorning vazifasi

Vazirlar Mahkamasining yangi qarori sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirishga, tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga, pirovardida esa elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklarga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari

Qaror bilan iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratilishi bilan birgalikda mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa va majburiyatlar yuklatilmoqda.

Xususan:

– elektr energiyasi iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

 – elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ustidan davlat nazorati;

 – iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi;

 – elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalari;

 – tabiiy gaz iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

 – tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash tartibi; 

 – iste’molchilarni tabiiy gaz tarmoqlariga ulash tartibi;

 – tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

 – tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va uni normalashni nazarda tutuvchi tabiiy gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Yaratilayotgan qulayliklar

Yangi tahrirdagi qaror bilan aholi iste’molchilari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar ham yaratilmoqda.

Xususan, qarorning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.

Tartib qanday?

Bunda:

 Iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, “O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganligini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;

 tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi;

 energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llaniladi.

Теги :
Jamiyat