Meva va sabzavot eksportida katta o‘sish kuzatildi
5 oyda 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu 5 oyda qayd etilgan natijalar bo‘lib, umumiy qiymatda eksport hajmining yuqorilaganidan darak beradi.
2023-yildagi holat
Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 % ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘proq degani.
2024-yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 % ini tashkil etgan.
Eng ko‘p eksport qilingan davlatlar
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 %), Pokiston (19,7 %), Qozog‘iston (15,3 %) va Xitoy (7,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bu davlatlarda mevalar hamda sabzavotlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi sababli eksportda dehqonlar mehnatiga arzirli haq ham olishmoqda.



