Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

O‘zbekistonning eksport daromadlari 9-11 foizga oshishi mumkin

Buning uchun 2025-yilda oltin, kumush, mis, uran narxlarining xalqaro bozorda yuqori narxlarda qolishi kerak.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning eksport daromadlari 9-11 foizga oshishi mumkin

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2025-yilda oltin, kumush, mis, uran narxlarining xalqaro bozorda yuqori narxlarda qolishi O‘zbekistonning eksport daromadlarini 9-11 foizga oshirishga yordam beradi. Bu haqida Markaziy Bank choraklik hisobotida e’lon qildi.

IT ham bunga hissa qo‘shishi mumkin

Shuningdek, 2025-yilda turizm va axborot texnologiyalari (IT) sohasida keng ko‘lamli islohotlarning davom ettirilishi bunga hissa qo‘shadi.

2024-yilda paxta narxlari biroz pasaygan bo‘lsa, 2025-yilda taklifning kamayishi va yuqori talabning davom etishi sababli o‘sishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, paxta asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eksportiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyida O‘zbekiston $19,1 mlrd.lik eksport amalga oshirdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘pdir.

Import esa 8-10 foizga o‘sishi mumkin

Keyingi yilda mamlakatimizda iqtisodiy faollik va iste’mol talabi yuqori darajada

saqlanib qolishi mashina-uskuna, transport vositalari, yoqilg‘i-energetika mahsulotlari, oziq-ovqat va xomashyo importi o‘sishida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Hukumatning fiskal taqchillikni kamaytirish (fiskal konsolidatsiya) bo‘yicha rejalarini inobatga olib, 2025-yilda jami import hajmi 2024-yilga nisbatan 8-10 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.