$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirobodda ekskavator haydovchisi zarang daraxtini tagi bilan qoʻporib tashladi

ekskavator

Shu yilning 14-iyul kuni Mirobod tumanida sobiq "Buxoro" kafesi hududida 1 tup zarang daraxti qoʻporib tashlandi. Bu haqda Mirobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qurilish vaqtida ehtiyotsizlik

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Mirobod tumani ekologiya boʻlimi tomonidan oʻrganilganda Avliyo-ota koʻchasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida 1 tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan. Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni tagi bilan qoʻporib tashlagan.

Yetkazilgan zarar uchun jarima belgilandi

Hozirda holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 28 390 000 soʻm miqdorda jarima qoʻllanildi. 

Avvalroq Toshkentning o'zida 2024-yilning o‘tgan davri davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 87 ta holat aniqlanib, tabiatga jami 817,3 million so‘m zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat