Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +22° kechasi +9°

O‘rnak: Sadir Japarov dam oluvchilar tabiat qo‘ynida qoldirgan chiqindilarni yig‘di

Siyosatchi Qirg‘iziston tabiati go‘zalligi va tozaligi bilan ajralib turishini, lekin uni odamlarning o‘zi bulg‘ashini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘rnak: Sadir Japarov dam oluvchilar tabiat qo‘ynida qoldirgan chiqindilarni yig‘di

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tabiat qo‘ynida dam oluvchilar qoldirgan chiqindilarni yig‘ib, fuqarolarni ham unga ergashishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Xalqqa o‘rnak

Siyosatchi Qirg‘iziston tabiati go‘zalligi va tozaligi bilan ajralib turishini, lekin uni odamlarning o‘zi bulg‘ashini ta’kidladi. U dam olayotganlarni o‘zidan keyin chiqindilarni yig‘ishtirishga chaqirdi.

Dam oluvchilarga murojaat

“Biz hammamiz tabiat qo‘ynida dam olamiz. Ammo o‘zimizdan keyin shunday chiqindilar qoldiramiz. Shuning uchun bu yerda dam olayotgan barcha qirg‘izistonliklar va sayyohlarga murojaat qilmoqchiman. Agar o‘zingizdan keyin chiqindini paketga solib, shaharga olib ketsangiz, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ba’zi tarbiyasiz odamlar chiqindini tashlab ketadi, siz esa odobli insonlar sifatida, iltimos, chiqindini yig‘ishtirib, mashinangizga soling va shaharga yetib borgach, axlat qutisiga tashlang”, dedi u.

Shu tariqa Sadir Japarov daryo qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilib, dam oluvchilar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘di.