Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Ko‘chatlar sug‘orilishiga e'tibor qaratmagan mansabdorlar 91 million so‘m jarimaga tortildi

Xorazmda ko‘chatlarni parvarish qilmaslik borasida 27 ta holat aniqlangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chatlar sug‘orilishiga e'tibor qaratmagan mansabdorlar 91 million so‘m jarimaga tortildi

Xorazmda ko‘chatlarni parvarishlamagan mansabdorlar jarimaga tortildi. Bu haqida Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Nazorat tadbirlari

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

27 ta holat aniqlangan

Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxslar tomonidan ko‘chatlarni parvarish qilmaslik, sug‘orilishiga e’tibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlangan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi ( Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so‘m ma’muriy jarima belgilangan.