$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Navoiyda eko bog‘ quriladi

eco

Navoiy viloyatida eko bog‘ qurilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu bog‘ viloyatda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, bir vaqtning o‘zida 700 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun moljallangan.

 Bog‘ning umumiy qiymati 4 million dollarni tashkil etadi

Navoiy viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida ko‘rgazmali seminar doirasida “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli ikki yirik loyiha boshlandi.

Birinchisi 1,5 gektar maydonda eko bog‘ yaratish loyihasi bo‘lib, umumiy qiymati 4 million AQSh dollarini tashkil etadi. Uning teng yarmi bank krediti asosida amalga oshiriladi va 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy me’moriy yechimlar, tabiat bilan uyg‘un ekologik infratuzilma va innovatsion texnologiyalar orqali barpo etiladigan eko bog‘ viloyatda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, bir vaqtning o‘zida 700 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yuqori darajada xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bu yerda 1000 tupga yaqin tropik daraxtlar, 25 ming donadan ortiq turli o‘simliklar parvarishlanib, yashil hudud barpo qilinadi. Shuningdek, restoranlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, bolalar maydonchalari, barcha yoshdagilar uchun ko‘ngilochar maskanlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Karmanada kamyob buta navi yetishtiriladi

“Karmana tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida buta mevasi yetishtirish” loyihasining esa umumiy qiymati 800 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4 gektar maydonda amalga oshiriladigan loyiha ishga tushgach, 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Respublikada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida eng kamyob va foydali buta mevasi yetishtirishni rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan bog‘da golubikaning “Duke” navi yetishtiriladi.

Buta navining shifobaxsh xususiyatlari

Eng muhimi yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga birinchi navbatda korxona joylashgan “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi band bo‘lmagan aholi vakillari ishga qabul qilinadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, golubika immunitetni mustahkamlash, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash, yurak-qon tomir tizimini himoya qilish, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilash, onkologik kasalliklarga qarshi profilaktika qilish kabi foydali xususiyatlarga ega.